Tashkilot haqida

«L-R-B-CONSTRUCTION» MCHJ siz bilgan va sizning ishonchingizni oqlay olgan ishonchli tashkilot. Biz bilan birga bo`ling!!!

«L-R-B-CONSTRUCTION» MCHJ korxonasi

HAQIDA

Bizning kompaniya 2018 yilgacha «Aloqa Bunyodkor» nomi ostida faoliyat yuritib kelgan. 2018 yil oktyabr oyidan boshlab qurilish sohasida kuchli 22 yillik tajriba bilan «L-R-B-CONSTRUCTION» MCHJga aylandi.

Qariyib chorak asr mobaynida Kompaniya davlat iqtisodiyoti va xususiy biznesning deyarli barcha sohalarida ko`plab ob`yektlarni qurdi. Xizmat ko`rsatishning yuqori sifati va qisqa muddatlarda ob`yektni qurib bitkazganligini tashkilotimizni davlat ahamiyatiga molikbo`lgan organlar oldida nufuzini oshirdi. Shuning uchun Respublika huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa muhim Davlat tuzulmalariga tegishli ob`ektlarni qurulishini ishonib topshirishdi.

Yaqinda qisqa muddat ichida tashkilotimiz tomonidan ishlab chiqarilgan va o`rnatilgan metall konstruksiyalardan foydalanib «Toshkent chinni zavodi»ni qurib foydalanishga topshirdik. Respublikada yagona bo`lgan HiTech uslubidagi «IT-PARK» binosining qurilish va qayta ta`mirlash ishlarini amalga oshirdik. Undan tashqari boshqa ko`plab ob`ektlarni qurulish jihozlash va qayta ta`mirlash ishlarini amalga oshirib sifatli va tez sur`atlarda qurib foydalanishga topshirdik.

Ish sifati va malakali kadrlar ishining yuqori darajada tashkil qilinganligi tufayli ob`yektlarini sifatli va o`z vaqtida topshirdik.

Kompaniyamiz o`zining «Belgisi»  (logotip)ni o`zining mutaxassisligiga asosan yaratgan. Kompaniyaning ixtisosligi metall konstruksiyaga asoslangan. Metall konstruksiyani ishlab chiqarish uchun yuqori darajdagi ma`suliyat va professionalizmni talab qiluvchi jarayon bo`lib hisoblandigan sohadir. Mutaxassislarimiz bu sohada kata tajriba va kasbiy tayyorgarlikka ega.

Shunday qilib, moslashuvchan narx siyosati, shartlari va ish sifati tufayli potensial mijozlar «L-R-B-CONSTRUCTION» qurulish MCHJni tanlaydilar.

«L-R-B-CONSTRUCTION» MCHJ bilan ish yuriting!

O`zbekiston Respublikai Prezidentini Sh.M.Mirziyoyevning, Kompaniyamiz tomonidan qurilgan “Toshkent Chinni Zavodi” ochilish marosimidagi rasmiy tashrifi.

O`zbekiston Respublikai Prezidentini Sh.M.Mirziyoyevning, Kompaniyamiz tomonidan qurilgan “IT-Park” ochilish marosimidagi rasmiy uchrashuvi.

«L-R-B-CONSTRUCTION» MCHJ siz bilgan va sizning ishonchingizni oqlay olgan ishonchli tashkilot. Biz bilan birga bo`ling!!!

Agar saytda imlo xatoni topsangiz xatoni belgilab Ctrl+Enter tugmasini bosing.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *